Skip to main content
Glama

Graphify — Claude Code uchun doimiy xotira 🧠

Claude Code'da har yangi chat ochganingizda loyihani noldan tushuntirasizmi? Graphify buni hal qiladi: barcha qarorlar, xulosalar va muhim ma'lumotlar kompyuteringizdagi lokal bazada saqlanadi, Claude har yangi chatda undan faqat keraklisini oladi. Natija: kam token sarfi, kam takrorlash, Claude eski qarorlaringizni "eslaydi".

Hammasi lokal ishlaydi — indekslash va qidirish 0 token, hech qanday API kalit yoki ro'yxatdan o'tish kerak emas. Ma'lumotlaringiz hech qayerga jo'natilmaydi.

Eslatma: bu loyiha GitHub'dagi mashhur graphify (kod-bazani bilim grafiga aylantiruvchi CLI, Graphify-Labs/graphify) bilan hech qanday aloqasi yo'q — nom bir xil bo'lsa-da, vazifasi butunlay boshqa: bu — Claude Code uchun shaxsiy xotira MCP serveri.

Xususiyatlar

  • search_knowledge / save_memory — Claude o'zi vazifa boshida qidiradi, oxirida saqlaydi (qo'lda ham chaqirsa bo'ladi)

  • Loyiha bo'yicha izolyatsiya — bir loyihaning xotiralari boshqasiga aralashmaydi (xohlasangiz hammasidan qidirsa bo'ladi)

  • Vizual dashboard (/graphify yoki start_dashboard.bat) — uchta ko'rinish:

    • Ro'yxat — barcha xotiralarni ko'rish, qidirish, filtrlash, o'chirish

    • Graf — xotiralar orasidagi semantik o'xshashlik force-directed graf sifatida, loyiha bo'yicha rangli halqa + checkbox filter bilan

    • Modellar — embedding modelini tanlash (lokal/OpenAI/Ollama/maxsus API)

  • Token tejash statistikasisearch_knowledge qancha token tejaganining taxminiy hisobi (dashboard'da va /graphify token bilan)

Related MCP server: Cortex

Talablar

  • Windows 10/11

  • Python 3.10+ — o'rnatishda "Add python.exe to PATH" katagini albatta belgilang

  • Claude Code (desktop yoki CLI)

O'rnatish (2 daqiqa)

  1. Bu repo'ni klonlang yoki ZIP qilib yuklab oling, doimiy joyga qo'ying (masalan C:\graphify — keyin joyini o'zgartirmang!)

  2. install.bat ustiga ikki marta bosing

  3. Tugagach Claude Code'ni yopib, qayta oching

Tamom. Tekshirish uchun chatda /mcp yozing — ro'yxatda graphify ko'rinishi kerak.

Qanday ishlaydi

Hech narsa qilishingiz shart emas — Claude o'zi:

  • vazifa boshida bazadan eski qarorlarni qidiradi (search_knowledge)

  • sessiya oxirida xulosani saqlaydi (save_memory)

Qo'lda ham buyura olasiz:

  • "graphify'dan qidir: to'lov moduli qanday qilingan edi"

  • "bu qarorni graphify'ga saqla"

  • "graphify'dagi eslatmalarni ko'rsat"

/graphify slash-komandasi ham o'rnatiladi:

Komanda

Natija

/graphify

Vizual dashboardni ochadi (http://localhost:5000)

/graphify list

Saqlangan xotiralar ro'yxati

/graphify save <matn>

Matnni xotiraga saqlaydi

/graphify token

Token tejash statistikasi (taxminiy)

/graphify <so'z>

Semantik qidiruv

Xotiralar loyiha bo'yicha avtomatik ajratiladi — bir loyihaning qarorlari boshqasini chalg'itmaydi, lekin kerak bo'lsa hammasidan qidirsa bo'ladi.

Hujjatlarni qo'shish (ixtiyoriy)

.md/.txt hujjatlaringizni bazaga indekslash:

.venv\Scripts\python.exe indexer.py "C:\yo'l\hujjatlar-papkasi" --project LoyihaNomi

Eski loyihani tanishtirish

O'sha loyihada chat ochib, bir marta ayting:

"Loyihani o'rganib chiqib, asosiy arxitektura, texnologiyalar va muhim qarorlarni graphify'ga saqla"

Keyingi barcha chatlar shu tayyor xotiradan boshlanadi.

Embedding modelini almashtirish

Standart — lokal, bepul model (kalit/internet shart emas). Dashboard'ning "Modellar" bo'limida OpenAI/Ollama/maxsus API'ga o'tsa bo'ladi — lekin bazada allaqachon ma'lumot bo'lsa, bu buzuvchi o'zgarish: eski vektorlar yangi model bilan mos kelmaydi. Amalda almashtirish uchun kg_db/ ni bo'shatib, indexer.py bilan qayta indekslash kerak. Batafsil: CUSTOM_MODELS.md.

Maslahatlar

  • Sifat > miqdor: hamma narsani emas, qaror va xulosalarni saqlang

  • Eskirgan xotiralarni o'chirtirib boring: "mem_xxx ni o'chir"

  • Butun xotira kg_db/ papkasida — backup qilsangiz, hech narsa yo'qolmaydi

O'chirish

uninstall.bat ni ishga tushiring — Claude Code'dan uziladi. Keyin papkani qo'lda o'chirsangiz bo'ladi.

Muammolar

Muammo

Yechim

"Python topilmadi"

Python'ni PATH bilan qayta o'rnating

/mcp da graphify yo'q

Claude Code'ni to'liq yopib qayta oching

Birinchi qidiruv sekin

Normal — model birinchi marta yuklanadi

Papkani ko'chirdim, ishlamayapti

install.bat ni yangi joyda qayta ishga tushiring

Litsenziya

MIT — LICENSE fayliga qarang.

Related MCP Connectors

Related MCP Servers

  • A
    license
    A
    quality
    B
    maintenance
    Persistent memory MCP server that allows Claude to store, organize, and retrieve knowledge across sessions without consuming context window tokens.
    24
    17
    MIT
  • A
    license
    Not graded
    quality
    D
    maintenance
    Persistent memory MCP server for Claude Code that captures and recalls project context across sessions, eliminating the need to re-explain architecture and decisions daily.
    176 npm
    1
    MIT
  • A
    license
    B
    quality
    B
    maintenance
    A persistent memory MCP server for Claude Code that automatically saves conversations and retrieves relevant history across sessions to provide context.
    17
    11
    MIT
  • A
    license
    Not graded
    quality
    C
    maintenance
    A persistent memory MCP server for Claude Code that enables long-term recall across sessions via hybrid search, code intelligence, and tools for reading/writing memory.
    5 npm
    1
    MIT